Olimlar Kanadadagi Ontario provinsiyasidan tarkibi jihatdan qadimiy okeanga o‘xshash, bundan 2 milliard yil oldin mavjud bo‘lgan ko‘lni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Yerdagi qadimiy okeanning tarkibi temirga boy, oltingugurt esa kam bo‘lgan. Suv tarkibini o‘rgangan olimlarning qayd etishicha, suvlar muntazam aralashib turishiga qaramasdan undagi bakteriya va kimyoviy elementlar deyarli o‘zgarmay qoladi.
Olimlar ba’zi ko‘llar suvining kislorodsiz qatlamidan uglerod va metan bilan “oziqlanadigan” o‘ziga xos Methyococcaceae bakteriyalarini aniqlagan.
Olimlar qayd etishicha, suvning bunday tarkibi bundan 4 milliard yil oldin mavjud bo‘lgan Arxey okeaniga xos tizimlarning umumiy xususiyati bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari olimlar suv tarkibidan temir elementini topgan, bu esa oksidlanish jarayoniga olib kelgan.
Biologlarning aytishicha, bu kabi ko‘l nafaqat Kanadada, balki Indoneziya va Sharqiy Afrikada ham bo‘lishi mumkin. Ushbu kashf etilgan ko‘l juda muhim topilma hisoblanadi, chunki u Yerda hayot paydo bo‘lishi va evolyutsiya jarayoni haqida ma’lumot beradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)