Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro olimlar jamoasi muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanish odamning semirishga moyilligiga sabab bo‘luvchi salbiy genetik faktorlarni pasaytirish imkoniga ega degan xulosaga keldi. Tegishli tadqiqot PLOS Genetics jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar muntazam jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, semirishga, taxminan, 30 foiz sabab bo‘luvchi FTO genining faolligini kamaytirishini aniqladi.

Olimlar 200 mingdan ortiq insonlar ma’lumotlarini birlashtirib turuvchi metaanaliz natijalariga tayanib shunday xulosaga kelgan. Mutaxassislar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish nafaqat FTO faolligining o‘zgarishiga, balki semirishga sabab bo‘luvchi boshqa 11 genlarning ham o‘zgarishiga olib keladi, deb hisoblamoqda.

Avvalgidek, jismoniy faollik bilan shug‘ullanish odamda ortiqcha vaznning paydo bo‘lish xavfini kamaytiruvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi