Saudiya Arabistonida ilk kinoteatr va opera uyi ochiladi. Bu haqda mamlakatdagi ko‘ngilochar tadbirlar tashkiloti rahbari Ahmad al-Xatib ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.
“Qirollikda biroz vaqtdan so‘ng birinchi kinoteatr va birinchi dunyo operasi uyi ochiladi. 30 yoshgacha bo‘lgan saudiyaliklarning aksariyati shunday o‘zgarishlarni istamoqda”, — ta’kidladi al-Xatib.
Ahmad al-Xatibga ko‘ra, u rahbarlik qilayotgan tashkilotning asosiy maqsadi Saudiya shaharlarini ko‘ngilochar tomoshalar soni va sifati bo‘yicha London hamda Nyu-Yorkka yaqinlashtirishdan iborat. U mamlakat aholisining 80 foizi o‘ta mutaassib emasligi, qirollikdan tashqariga chiqqanda kinoteatr va konsertlarga borishini qayd etdi.
Izoh (0)