Amerikaning WGRZ telekanali ob-havo ma’lumotlari boshlovchisi Patrik Xammer videokamera obyektiviga chiqib olgan o‘rgimchak tufayli jonli efirni uzib qo‘yishiga bir bahya qoldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Xammer ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilayotganida panorama ekranida xarita surati Nyu-York shahri manzaralariga o‘zgardi. Qush parvozi balandligidan suratga olayotgan videokamera obyektiviga chiqib olgan o‘rgimchak esa boshlovchini qo‘rqitib yubordi.
“Bu nima?”, — deya savol berdi Xammer kadr ortidan. “Ona tabiat”, – deya javob qaytardi uning hamkasblaridan biri.
Ammo voqea yakuniga yetmadi. O‘rgimchak o‘z to‘ri bilan mayda chivinni tutib, uni jonli efirda yeya boshladi.
“Qiziq, keyingi qurbon kim bo‘lar ekan”, — deya hazil qildi boshlovchi. Shundan keyin o‘rgimchak u tomonga harakatlana boshladi. Xammer esa kadrdan chiqib ketdi.
Boshlovchi ekrandagi surat ob-havo ma’lumotiga o‘zgartirilganidan keyin o‘z ishini davom ettirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)