1979-yilda aviafalokat oqibatida halok bo‘lgan “Paxtakor” futbolchilari — Mixail An, Vladimir Fyodorov va Olim Ashirovlar xotirasiga bag‘ishlab Xalqaro turnir o‘tkazildi. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi yoshlar jamoasi safida Zinitdinzidan ismli futbolchi harakat qildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasiga tayanib, “1news.uz” xabar berdi.
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi turnirning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida Zinitdinzidanga maxsus sovg‘a taqdim etdi.
“Dadam futbolning ashaddiy ishqibozi. Uning kumiri mashhur fransiyalik yarim himoyachi Zinedin Zidan bo‘lgan. Uning sharafiga atab menga shunday noodatiy ism bergan. Ism menga katta mas’uliyat yuklaydi. Otamning umidlarini oqlashga harakat qilaman”, — dedi 13 yoshli bolakay.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)