Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qo‘shni Serbiya chegarasida muhojirlar oqimiga qarshi qad ko‘tarayotgan to‘siqlarning ikkinchi chizig‘i qurilishi bitirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“155 kilometr uzunlikdagi va 3 metr balandlikdagi ushbu to‘siq har qanday odamlar oqimini to‘xtatadi”, — dedi u mahalliy radio efirida 28-aprel kuni.
Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi migratsion inqirozni bartaraf qilish masalasida Turkiyaga xayrixoh munosabatda bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)