Rossiyaning Kaliningrad shahrida “Islomiy jihod” xalqaro terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan 12 nafar shaxs orasida ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyat sodir etganligi uchun O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan qidiruvga berilgan guruh yetakchisi ham borligi aniqlandi. Bu haqda, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati axborotiga asoslanib, “1news.uz” xabar bermoqda.
Qo‘lga olingan shaxs Kaliningrad viloyati aholisi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidan kelgan fuqarolarni terrorchilik tashkiloti safiga og‘dirish faoliyati bilan shug‘ullangan.
“Hozirda jinoyatchi xalqaro terrorchilik tashkilotining faoliyatida qarindoshlarining ishtiroki haqida ko‘rsatma bermoqda. Bundan tashqari, guruh yetakchisining Suriya hududidagi noqonuniy qurolli tuzilmalarga aloqasi ham aniqlanib, tekshirilmoqda”, — deyiladi FXX axborotida.
Qo‘lga olingan 12 shaxsning bari Markaziy Osiyo respulikalaridan ekanligi aytilmoqda. Yaqin vaqt ichida ular o‘z mamlakatlariga topshiriladi va terrorchilik yo‘nalishida sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)