O‘zbekiston Oliy ligasining 7-turida eng kam ishqiboz O‘zbekistonning eng oldi stadioniga tashrif buyurgan. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Mavsumni o‘z tarixidagi eng yomon start bilan boshlagan “Bunyodkor”ning “Dinamo”ga qarshi o‘yinini 34.800 nafar ishqibozni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan stadionda 705 muxlis tomosha qilgan.
Eng ko‘p muxlis yig‘ish borasida odatdagi kabi Namangan va Buxoro viloyati jamoalari raqobat olib bordi. Bu borada “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinni tomosha qilish uchun kelganlar soni 12.705 nafarni tashkil qildi. Buxorodagi uchrashuv esa 10 minglik dovondan o‘tdi.
Damas avtomashinasi yutuq sifatida o‘ynalgan, 7-turning eng markaziy o‘yini hisoblangan “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvi 1,5 ming odamni jalb qila olmadi. “Metallurg” bilan o‘yin uchun sotilgan chiptalar ham yutuq sifatida o‘ynalganini aytmasa, “Lokomotiv” ishtirokidagi o‘yin uchun kelganlardan tushgan pul Damas uchun yetarli bo‘lganmi yoki yo‘q — aniqlik kiritilmagan.
“Navbahor” — “Sho‘rtan” 1:0 (12.705 tomoshabin)“Buxoro” — “Mash’al” 2:2. (10.572)“Qo‘qon—1912” — “Metallurg” 3:0. (8.628)“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 0:1 (3.351)“Olmaliq” — “Qizilqum” 0:0 (2.201)“Nasaf” — “Obod” 1:0 (2.121)“Paxtakor” — “Lokomotiv” 1:2 (1.358)“Bunyodkor” — “Dinamo” 1:1 (705)
Izoh (0)