Bola ko‘targan oqqo‘rg‘onlik Roza Xo‘jayeva O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining Yashnobod tumanidagi qabuliga uy-joy bilan bog‘liq masala bilan keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Roza Xo‘jayeva Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tib, yangi qurilayotgan uylardan kvartira sotib olish istagida ekanligini aytdi.
“Lekin uning arzi qonun talabiga to‘g‘ri kelmasligi, hech kim qonunlarni chetlab o‘tolmasligi tushuntirildi”, - deyiladi O‘zA xabarida.
Bu ayolga Toshkent viloyatida namunaviy loyiha asosida qurilayotgan uy-joylardan olishga, o‘zi doimiy ro‘yxatda turadigan joydan ish topib berishga ko‘maklashiladigan bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)