25-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Votel O‘zbekistonga keldi. U bilan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va mudofaa vaziri Qobul Berdiyev muzokaralar olib borgan.
2. Foto: Islom Karimovning haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov g‘olibi. Tanlovda haykaltarosh Ilhom Jabborov taklif qilgan loyiha birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
3. Toshkentdagi “Elga xizmat”da import qilingan kartoshkalarning faqat ikkinchi toifasi sotilayotgani “Axborot”da tanqid qilindi. Xabar berishlaricha, o‘tgan yili O‘zbekistonda kartoshkadan belgilangan hosil to‘planmaganligi bois bu yil bahorda bozorlarda uning narxi qimmatlashgan.
4. Uyg‘uristonda bolalarga Islom, Qur’on, Makka deb ism qo‘yish taqiqlandi. Xitoyda istiqomat qiluvchi 23 million musulmonning qariyb yarmi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida yashaydi.
5. O‘zbekiston aholisi yigitlar 24—25 yoshda, qizlar esa 21—23 yoshda oila qurishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Ayni vaqtda, aholining 99,4 foizi “ota-ona roziligi bo‘lajak oilaning baxtli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega” deydi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)