Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

San-Fransisko federal sudi AQSh prezidenti Donald Trampning noqonuniy muhojirlarni yashirib kelayotgan “boshpana-shaharlar”ni budjet orqali moliyalashtirishdan mahrum etish haqidagi farmoniga taqiq qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Sudya Uilyam Orrik prezident farmonini mamlakat konstitutsiyasiga zid deb topdi. 

Trampning farmoniga San-Fransisko va Santa-Klara okruglari munitsipalitetlari qarshi chiqdi. Ularga ko‘ra, AQSh prezidenti shahar va munitsipal tuzilmalar hududida qoidalar joriy etish huquqiga ega emas, muhojirlar bilan munosabat qoidalari esa mahalliy rasmiylar ixtiyorida. 

AQShda “boshpana-shaharlar” ilk bor o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lgandi. Hozir mamlakatda mahalliy rasmiylari aholisining muhojirlik maqomi haqida federal hukumatga ma’lum qilishdan bosh tortayotgan 300 dan ortiq shunday shahar mavjud. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi