Sotheby’s auksion uyi Patek Philippe Calibre 89 soatining noyob modelini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.
Kimoshdi savdolari may oyi o‘rtasida Jenevada bo‘lib o‘tadi. Soatning qiymati 7,7 million dollarga baholandi.
129 ta qimmatbaho tosh bilan bezatilgan mazkur soatning bugungi kunda atigi 4 ta nusxasi mavjud.
Auksionga qo‘yilayotgan va dunyodagi eng murakkab mexanizmli soatlardan biri hisoblanadigan Calibre 89 1989-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, Bruney shahzodasi Jefri Bolkiaxga tegishli bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)