Afg‘oniston shimolida IShID va “Tolibon” radikal guruhlarining o‘zaro to‘qnashuvi chog‘ida 91 jangari halok bo‘ldi. Bu haqda, Khaama Press’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, “Tolibon” tomonidan 76 jangari, IShID tomonidan esa 15 nafar jangari o‘ldirilgan.
Juzjon viloyati hokimining vakili to‘qnashuvlar 25-aprel kuni Darzob tumanida boshlanganini ta’kidlab o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)