Litvaga tegishli yengil motorli samolyot ekipaj a’zolaridan birining samolyotning potensial mijozi bilan suhbatga berilib ketishi tufayli Belarus chegarasini buzdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Litva fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati direktori o‘rinbosari Alvidas Shumskasning so‘zlariga ko‘ra, litvalik va shvetsiyalik ikki erkak 19-aprel kuni samolyotning parvozdagi namoyishi vaqtida uning ustunliklari haqida suhbatlashib, uchuvchini chalg‘itdi.
Natijada uchuvchi Belarus hududiga 8 kilometr kirib borganini payqamay qoldi. Qayd etilishicha, shturval ortida Daniya fuqarosi bo‘lgan, potensial mijoz esa litvalik edi.
Litva samolyoti Belarus chegarasini buzganidan so‘ng, uchuvchiga mamlakatni tark etishga ko‘rsatma berildi va u ortga qaytdi.
Minsk bu kabi holatlar yana takrorlansa, harbiylar kuch ishlatishga tayyorligi haqida Litvani ogohlantirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)