Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Qaraqalpaqstan” telekanalida “Xalq mapi” (“Xalq manfaati”) ko‘rsatuvi orqali xalq fikridan kelib chiqib, Go‘ne qala (Eski shahar) hududidagi yoqimsiz holatga e’tibor qaratildi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.

Foto: “KRuz.uz”

Foto: “KRuz.uz”

Ko‘rsatuvda bu yerda talabga javob beradigan bekatning yo‘qligi, yo‘nalishli taksilar uchun qulay sharoitning mavjud emasligi tanqid qilindi. Telekanal orqali haydovchilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tib, bekatning yo‘llarini yaxshilab berishni so‘radi.

“Avtovokzal oldin qurilgan paytda ko‘p narsa e’tiborga olinmay qolgan. Bugungi kunda avtomobillarning turgan joyi hech kimga biriktirilmagan. Na yuridik shaxsga, na jismoniy shaxsga. Bu yil ushbu turargohni “Jiydeli Baysin” posyolkasiga ko‘chiramiz”, — dedi ushbuu holat bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil va daryo trans agentligi bo‘lim boshlig‘i Allabergen Berdiyev.

Avvalroq, Nukus shimoliy avtovokzalida chiptalar sotilmayotgani tanqid qilingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi