“Qaraqalpaqstan” telekanalida “Xalq mapi” (“Xalq manfaati”) ko‘rsatuvi orqali xalq fikridan kelib chiqib, Go‘ne qala (Eski shahar) hududidagi yoqimsiz holatga e’tibor qaratildi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.
Ko‘rsatuvda bu yerda talabga javob beradigan bekatning yo‘qligi, yo‘nalishli taksilar uchun qulay sharoitning mavjud emasligi tanqid qilindi. Telekanal orqali haydovchilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tib, bekatning yo‘llarini yaxshilab berishni so‘radi.
“Avtovokzal oldin qurilgan paytda ko‘p narsa e’tiborga olinmay qolgan. Bugungi kunda avtomobillarning turgan joyi hech kimga biriktirilmagan. Na yuridik shaxsga, na jismoniy shaxsga. Bu yil ushbu turargohni “Jiydeli Baysin” posyolkasiga ko‘chiramiz”, — dedi ushbuu holat bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil va daryo trans agentligi bo‘lim boshlig‘i Allabergen Berdiyev.
Avvalroq, Nukus shimoliy avtovokzalida chiptalar sotilmayotgani tanqid qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)