Kuchli dovul va ko‘chki oqibatida Rossiyaning Shimoliy Osetiya mintaqasi tog‘laridagi tarmoqlarning uzilishiga olib keldi. U yerdan Janubiy Osetiyaga elektr quvvati uzatilar edi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, energetiklar uzilish joyini aniqlash borasida ishlar olib bormoqda. Ish tog‘li hududda olib borilayotgani tufayli ancha sekin ketmoqda.
Kun oxiriga qadar Janubiy Osetiyaga elektr quvvati uzatish qaytadan yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Izoh (0)