Xitoyning dastlabki kosmik yuk kemasi “Tyanchjou-1” avtomatik tartibda “Tyangun-2” kosmik moduli bilan birikdi. Jarayon Xitoy Markaziy televideniyesi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
#Tianzhou1 cargo spacecraft docks with #Tiangong2 space lab https://t.co/SBNBPkq0i7 pic.twitter.com/n9ApoHEvJ2
— CCTV+ (@CCTV_Plus) April 22, 2017
“Tyanchjou-1” 20-aprel kuni Xaynan viloyatidagi Venchan kosmodromidan uchirilgan edi. Uning missiyasi “Tyangun-2” kosmik laboratoriyasi moduliga 6 tonna yukni yetkazishdan iborat.
Kema ikki bo‘lmadan iborat bo‘lib, ularning birgalikdani uzunligi 10,6 metri, diametri esa 3,3 metrni tashkil etadi.
“Tyanchjou-1” birinchi Xitoy orbital stansiyasini yaratish bo‘yicha zarur texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish dasturining bir qismi hisoblanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)