Livan armiyasi Suriya bilan chegaradosh qismda terrorchilar guruhiga qarshi operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Vadi-al-Xosn tog‘li hududidagi jangarilarga qarshi kechgan operatsiya davomida xavfli jangarilar guruhi qo‘lga olingan. Shuningdek, IShID terrorchilik tashkiloti dala qo‘mondonlaridan biri ham qo‘lga tushirilgan.
Xabarda aytilishicha, bir nechta jangari yo‘q qilingan, 10 nafari esa asirga olingan.
Livan harbiylari orasida yo‘qotishlar bo‘lmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)