Shimoliy Koreyadagi Pungeri poligonida yangi yadro sinoviga tayyorgarlik qaytadan boshlandi. Bu haqda AQShning 38 North tahliliy portali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
Ekspertlarga ko‘ra, 19-aprel, chorshanba kuni sun’iy yo‘ldoshlar yordamida olingan suratlar Pxenyan tomonidan yadro quroli sinoviga tayyorgarlik olib borilayotganligini ko‘rsatdi. Bu gal poligonda voleybol o‘yinlari kuzatilmagan.
Oldinroq amerikalik mutaxassislar Shimoliy Koreya askarlari Pungerida voleybol o‘ynaganini aniqlagandi. Jami 3 ta o‘yin bo‘lgan va ular deyarli bir paytda o‘tkazilgan.
Ekspertlar Pxenyan shu tariqa obyektda hech qanday ishlar olib borilmayotganini ko‘rsatmoqchi bo‘lganini taxmin qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)