Yevropa ligasining yarim finalida to‘p suradigan to‘rt klubi nomi aniq bo‘ldi: “Manchester Yunayted”, “Lion”, “Ayaks” va “Selta”.
Belgiyadan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytgan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi o‘z maydonida ham shunday o‘ynadi. Overtaymlarda esa Markus Reshford “mankunianlar” uchun g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Lion” futbolchilari “Beshiktosh”ga qarshi ilk uchrashuvda 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Turkiyada endi turklar shu hisobda ustun keldi. Penaltilar seriyasiga qadar yetib borgan o‘yinda dastlabki 5 tadan zarba aniq bo‘ldi. Keyinroq mezbonlardan ikki futbolchi gol ura olmadi va “Lion” navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Chorak finalning javob o‘yinlarida Gollandiyaning “Ayaks” klubi haqiqiy iroda ko‘rsatdi. Germaniyadagi o‘yinning 80-daqiqasiga kelib bir kishi kam qolgan klub, qolgan 40 daqiqa davomida 2 ta gol urib, navbatdagi bosqich chiptasini hal qildi.
Yevropa ligasi Chorak final 20-aprel, payshanba
Izoh (0)