• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi sayyohlik tashkilotlarining 92 foizi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm hissasiga to‘g‘ri keladi

    Tamaddun dunyo xalqlari hayot tarzi, yashash xususiyatlarida ham tub burilish yasadi. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivoji, aholi turmush darajasi yuksalishi, urbanizatsiyaning kuchayishi turizmga bo‘lgan ehtiyoj ortishiga olib keldi. Zero, safar uyushtirish, sayohatga chiqish, tabiat qo‘ynida dam olish bugungi zamon kishilari hayotining tarkibiy qismi, ayni chog‘da salomatlikni mustahkamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishning muhim shakliga aylandi.

    Darhaqiqat, Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, har yili o‘rtacha 1,2 mlrd. nafar kishi sayohatga chiqadi. Vaholonki, bundan 10 yil muqaddam ro‘yxatga olingan turistlar soni 576 mln. nafarni tashkil etgan, xolos. Mazkur soha jadal rivojlanishining ko‘plab omillari bor, albatta. Ular ichida eng asosiysi — bu dunyoni bilish, tarbiya va sog‘­lomlashtirishni o‘zida mujassamlashtirganidir. Qolaversa, u bunday xizmatlarni tashkil etuvchilarga katta daromad olish imkonini beradi. Hozirgi ­vaqtda dunyo turizmining jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 foiz, xizmatlar eksportida 30 foiz, savdo hajmida 6 foizga yetgani, mehnatga layoqatli aholining 8 foizi shu jabhada mehnat qilayotgani buning yaqqol dalilidir.

    Shu ma’noda, O‘zbekistonda sayyohlik sohasi taraqqiyotining bugungi ahvoli qanday?

    Avvalo, shuni aytish joizki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida turizmning bozor munosabatlariga asoslangan yangi huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi. Zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilib, turizmning jahon andozalari darajasidagi yangi yo‘nalishlari joriy qilindi. Mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklar ta’mirlanishi barobarida, ular keng ko‘lamda targ‘ib etildi. Bu kabi tizimli chora-tadbirlar kutilgan samarani berib, yurtimizning sayyohlik salohiyati tobora oshmoqda. Bunga yaqinda Buyuk Britaniyaning dunyoda mash­hur Financial Times gazetasida chop etilgan maqola misol bo‘la oladi.

    Gap shundaki, unda 2017-yilda jahon bo‘ylab sayohatga chiqish istagidagilar uchun eng qiziqarli yo‘nalishlar ro‘yxati e’lon qilindi. Gazetada ta’kidlangan to‘qqizta davlat orasida O‘zbekiston jahondagi eng diqqatga sazovor sayyohlik yo‘nalishlari reytingida ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

    Bu bejiz emas, albatta. Negaki, O‘zbekiston sayyohlik ko‘lami va tarixiy qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar sirasiga kiradi.  Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda betakror arxitektura namunalari mavjudligi, so‘lim qo‘riqxonalar faoliyat ko‘rsatayotgani, milliy madaniyat, san’at va hunarmandchilikning ko‘p asr­lik an’analari asrab-avaylab kelinayotgani xorijliklarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda. Biroq mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilmayotganligi tufayli sohaning xizmat ko‘rsatish va ­eksportdagi hissasi, aholini ish bilan ta’minlashdagi o‘rni ­jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada orqada.

    Davlatimiz rahbari mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida bu haqda to‘xtalar ekan, turizmdek serdaromad soha rivoji e’tibordan chetda qolib kelayotgani, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni ­targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligini alohida ta’kidladi.

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilishicha, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi juda past — atigi 2 foiz atrofida. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa qariyb 400 ta bo‘lib, ularning asosiy qismi Toshkent shahri (73,4 foiz), Samarqand (13,1 foiz), Buxoro (4,5 foiz) va Xorazm (1 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Boshqacha aytganda, O‘zbekistondagi sayyohlik xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan firma va tashkilotlarning 92 foizi, sayyohlarning 93,1 foizi ushbu 4 ta hududga to‘g‘ri keladi.

    Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Binobarin, ushbu hujjatda turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida taraqqiy toptirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ushbu yo‘nalishdagi salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, tarmoqni bosh­qarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, O‘zbekistonning ijobiy sayyohlik qiyofasini shakllantirish yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ularning izchil ijrosi  yurtimizni jahon turizmining muhim markazlaridan biriga aylantirish imkonini yaratadi.

    Qadimgi Buyuk Ipak yo‘li or­qali ko‘plab mamlakatlarning ­turizm marshrutlari tutashgan xalqaro chorrahada joylashgan o‘lkamizda sayyohlikning barcha turini rivojlantirish mumkin.  Ular orasida ekoturizm eng istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Buning uchun g‘oyat xilma-xil hamda boy landshaft, tabiiy ekotizim va resurslar, ulkan rekreatsiya-turizm salohiyatiga egamiz. Qolaversa, yurtimizning quruq subtropik iqlimi, fasllar o‘z o‘rnida almashishi yil davomida, har mavsumga xos va mos ekologik turizm xizmatlari ko‘rsatish imkonini beradi.

    Vaholonki, hozirgi vaqtda ­dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH)ning iqtisodiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega estetik tabiiy manzaralari, madaniy-etnografik meros va qulay ekologik resurs salohiyati imkoniyatlaridan ekologik turizmni rivojlantirishda foydalanish asosiy yo‘nalishga aylangan. Shu ma’noda, respublikamizda ekoturizmga asos bo‘ladigan noyob obyektlar juda ko‘p. Masalan, 36 ta METH mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 2604,2 ming gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari, sirli g‘orlar, g‘aroyib shaklli qoyalar, daralar, yer qatlamlari ochilib qolgan joylar, sharsharalar, shifobaxsh buloqlar, ulkan daraxtlar, nafosatli landshaftlar, muzliklar ham bor. Faqat ularni turizmda foydalanishga qaratilgan inventarizatsiya va klassifikatsiyalash, shuningdek, mavjud salohiyatni tibbiy-biologik, turizm-iqtisodiy baholashni amalga oshirish ­talab qilinadi, xolos.

    Ta’kidlash kerakki, turizm rivojida, ayniqsa, sohaning ­boshqaruv tuzilmasi muhim o‘rin tutadi. Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi Farmoniga asosan, yangidan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati, eng avvalo, nazorat va ma’muriyatchilik vazifalarini amalga oshirishga emas, balki turizmda tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ya’ni qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sayyohlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, sertifikatlash hamda boshqa ruxsatnomalar berish uning zimmasiga yuklandi.

    O‘z navbatida, Farmonda O‘zbekistonda yaqin vaqtda turizm sohasini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiya­si, 2017—2021-yillarda konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, turizm inf­ratuzilmasini takomillashtirish, soha korxonalariga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha ham dolzarb tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Unga ko‘ra, yaqin istiqbolda xorijiy investitsiya­larni keng jalb qilgan holda, respublikamizning barcha hudu­dida turizm infratuzilmasining zamonaviy obyektlari, eng avvalo, mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya obyekt­lari bunyod etiladi. Bu jarayonda yangi obyektlarning xalqaro andozalar, turistlar talab va ehtiyojlariga to‘liq ­javob berishi inobatga olinadi.

    2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishida turizm industriyasini jadal ravnaq toptirish bo‘yicha dasturiy vazifalar belgilab berilgan.

    Soha istiqboliga qaratilayotgan ana shunday jiddiy e’tibor tufayli yangi-yangi turizm markazlari vujudga kelayapti. Toshkent viloyatini, hech ikkilanmasdan, ana shular safiga kiritish mumkin.

    Gap shundaki, hudud tabiiy imkoniyatlari hamda xorij tajribasi o‘rganilgan holda, viloyatning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Masalan, 700 dan ziyod madaniy meros obyektlari mavjudligi sayyohlikning ziyorat yo‘nalishini rivojlantirishda qo‘l kelayotgan bo‘lsa, noyob tabiat obidalari, fusunkor o‘rmon va landshaftlar ekologik, purviqor tog‘lar esa ekstremal sayyohlik istiqboliga keng yo‘l ochib berayapti. Bundan tashqari, etnoturizm ham izchil rivojlanayotir. Shu bois 2017—2021-yillar davomida mazkur sohada 200 dan ziyod loyihalar amalga oshiriladi. Ular doirasida yangi infratuzilma obyektlari, xususan, 40 ta mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilgan. Yangi mehmonxonalar sayyohlar oqimi nisbatan ko‘p bo‘lgan Parkent, Bo‘stonliq va Zangiota tumanlari, Angren hamda Chirchiq shaharlarida bunyod qilinishi belgilangani e’tiborga molikdir.

    2017-yilning o‘zida birgina Parkent tumanida 80 o‘rinli mo‘jaz mehmonxona, oilaviy dam olish majmuasini foydalanishga topshirish bo‘yicha ishlar ­jadal davom ettirilayapti. Umuman olganda, besh yil mobaynida shu kabi maqsadlar ro‘yobi uchun 400 milliard so‘mdan ortiq investitsiyalar jalb qilinib, qariyb 2 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Pirovardida viloyatda turizm xizmatlari ko‘rsatish hajmi 2,5 barobar oshadi.

    Harakatlar strategiyasi va ­boshqa tegishli hujjatlarning izchil ijrosi O‘zbekistonni tez orada yirik hamda jozibador sayyohlik markazlaridan biriga, turizmni esa iqtisodiyotimizning yetakchi sohasiga aylantirishga mustahkam zamin yaratishi muqarrar.

    Obid Hamidov,iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

    21.04.2017, 09:15   Izoh (0)   7329
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotasi 2021-yilgacha 18 foizga oshiriladi

    21.04.2017, 09:01

    Toshkent shahrida firibgarlik qilgan elektr tarmoqlari xodimlari qo‘lga olindi

    21.04.2017, 07:31

    O‘zbekistonda oliy ma’lumotli hamshiralarning malaka oshirish joyi o‘zgardi

    20.04.2017, 22:24

    O‘zbekistonda shifokorlarning “qog‘ozda boru, amalda yo‘q” qabilida malaka oshirishiga barham beriladi

    20.04.2017, 22:05

    Bolasini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol, harakati vaqtincha to‘xtagan “Toshkent—Andijon” poyezdi, Tojikistonga avtomobil yetkazib beradigan “O‘zavtosanoat...

    20.04.2017, 20:54

    Toshkentda xizmat guvohnomasini qalbakilashtirgan “mayor” qo‘lga olindi

    20.04.2017, 19:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.