18-aprel kuni Suriyada Rossiya floti mayori Sergey Bordov halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Mayorning sobiq xizmatdoshi Vyacheslav Pavlyuchenko bergan ma’lumotga ko‘ra, ular minomyot zarbalari girdobida qolib ketgan. Ikki nafar rossiyalik, ikki nafar suriyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Halok bo‘lgan boshqa harbiylarning ism-shariflari Palyuchenkoga noma’lum ekan.
Ba’zi manbalarga ko‘ra, mayor 22-aprel kuni Simferopolda dafn etiladi.
Izoh (0)