Qirg‘iziston rasmiylari Sankt-Peterburg metrosidagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilov va Abror Azimovning mamlakat hududida terrorchi tashkilotlar tomonidan yollanganini aniqlamadi. Bu haqda Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralaridagi yuqori martabali manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Jalilov va Azimov Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan vaqtda radikal, ekstremistik yoki terrorchi guruhlar vakillari bilan aloqada bo‘lmaganligi aniqlandi”, — deya ta’kidladi manba.
Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari vakiliga ko‘ra, Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi va ijrochisi ekanligi taxmin qilinayotgan shaxslar mamlakat IIV profilaktik hisobida turmagan va “radikal qarashlar tarafdorlarining xavfli tarafdorlari” ro‘yxatiga kiritilmagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)