“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati hamda Grand Technology Systems Toshkent shahridagi yo‘lovchi transportini monitoring qilish tizimida texnik ishlar olib borishni rejalashtirgan edi, deb xabar beradi jamiyatning matbuot xizmati.
Mazkur texnik ishlar tufayli TashBus mobil dasturi hamda avtobus bekatlaridagi axborot tablolarida qisqa muddatli nosozliklar kuzatildi.
“Toshshahartransxizmat” barcha ishlar tugatilib, tizim sinovdan o‘tkazilgani va buning natijasida TashBus mobil dasturidagi barcha nosozliklar yo‘qotilganini ma’lum qildi.
Android tizimidan foydalanuvchilarning TashBus dasturi yaxshi ishlashi uchun ular mobil dasturni Google Play orqali yangilashi zarur. Yaqin kunlarda Apple iOS tizimida ishlovchi qurilmalar uchun ham TashBus’ning yangilangan versiyasi taqdim etiladi.
“Toshshahartransxizmat” AJ yuzaga kelgan vaqtinchalik nosozliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘rab, ularning Toshkent transporti faoliyatiga bo‘lgan faol qiziqishi uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)