Istanbul politsiyasi konstitutsiyaviy referendum natijalariga qarshi norozilik namoyishlarini tashkil etgan 19 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Yeni Safak xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qo‘lga olinganlar ijtimoiy tarmoqlar yordamida ko‘cha namoyishlarini tashkil etishga uringanligi ta’kidlanmoqda. Politsiya ularning harakatini “aholi orasida adovat va ixtilofni avj oldirish” sifatida tasnif qilishi mumkin.
Avvalroq Turkiya Oliy saylov kengashi muxolifat talabiga ko‘ra referendum natijalarini bekor qilishni rad etganligi ma’lum qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)