Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezidentlik tizimiga o‘tish haqidagi referendumda “salib yurishlari qatnashchilarining dunyoqarashiga ega” shaxslarga qarshi chiqilganiga qaramay, ijobiy natijaga erishilganini e’tirof etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Turkiyada tashkil etilgan boshqaruvning parlament tizimidan prezidentlik shakliga o‘tish borasidagi referendumda prezidentlik tizimi tarafdorlari katta bo‘lmagan farq bilan g‘alaba qozondi. Taxminiy natijalarga ko‘ra, ular 51,4 foiz ovoz to‘plagan.
So‘nggi natijalar apellyatsiya ko‘rib chiqqanidan 11—12 kun o‘tib, e’lon qilinadi.
Muxolifat referendum vaqtida huquqbuzarliklar kuzatilganini ma’lum qildi. Xususan, ular saylov komissiyasining muhrsiz byulleten va konvertlarni haqiqiy deb hisoblaganini tanqid qildi.
O‘z navbatida, Erdo‘g‘on “Biz barcha dushmanlarga qarshi kurashdik, bizga salib yurishlari qatnashchilari dunyoqarashiga ega shaxslar hujum qildi. Lekin xalq sifatida birga tura oldik. Biz faqat muqaddas qadamjolarimiz oldidagina bosh egamiz, boshqa hech kimga bosh egmaymiz”, — deb ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlarga muvofiq 2019-yil noyabrida Turkiya prezidentlik respublikasiga aylanadi va yanada kuchli bo‘ladi.
“Kecha kechqurun 2019-yil noyabriga yo‘naltirilgan belgili raketa uchirildi. Oldinda yangi muvaffaqiyatlar, lekin ular bizni mast qila olmaydi”, — dedi Turkiya prezidenti.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)