Xonanda Rayhon Toshkentning videokamerali yo‘llaridan birida yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.
Rayhonga tegishli Toyota Prado tezlikni belgilangan me’yordan oshirgani uchun kameraga tushgan va unga jarima qog‘ozi kelgan.
Xonanda bunga faylasufona yondashib, jarimani “baxt maktubi” deb atagan va uning suratini Instagram’ida e’lon qilgan.
“Mana, ‘baxt maktubi’ menga ham yetib keldi”, — deb yozgan Rayhon o‘z fotoxabariga rus tilida “tezlikni me’yoridan oshirish”, “DAN”, “Endi qoida bo‘yicha haydaymiz” heshteglarini ilova qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)