GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Tico, Epica va 2-avlod Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilganini ma’lum qildi.
“Tico, Epica va 2-avlod Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p sonli murojaatlar tufayli, GM Uzbekistan AJ ma’lum qiladiki, Tico modeli 2004-yilda ishlab chiqarishdan olib tashlangan, Epica’ni ishlab chiqarish 2012-yildan to‘xtatilgan, 2-avlod Nexia’ni ishlab chiqarish 2016-yil 1-avgustdan to‘xtatilgan”, — deb yozdi kompaniya o‘z Facebook sahifasida.
“Avtomobillarning model qatorlari, modifikatsiyalari, opsiyalari va narxlaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida GM Uzbekistan AJ rasmiy saytida va Facebook’dagi sahifasida oldindan xabardor qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)