Janubiy Koreyada Milliy xavfsizlik kengashi qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi KXDR tomonidan navbatdagi raketa uchirilishini qoraladi.
Vazirlik yadro sinovi va boshqa yirik strategik fitnalar amalga oshirilgan taqdirda Pxenyanga nisbatan “jiddiy jazo choralari” ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 16-aprel kuni navbatdagi raketa sinovini o‘tkazdi. Biroq uning uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)