Samarqand viloyati ulkan sayyohlik salohiyatiga ega. Turizmni rivojlantirish, sayyohlik xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish va yo‘nalishlarini kengaytirish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.
Bu boradagi salohiyatni yanada oshirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Samarqand shahrida erkin turistik hududni barpo etish bo‘yicha 2017—2019-yillarga mo‘ljallangan loyihalar ishlab chiqilgan.
Ushbu loyihalarga ko‘ra shaharning Amir Temur ko‘chasida sayyohlik-ko‘ngilochar mehmonxona kompleksi, Samarqand eshkak eshish kanali bo‘yida qishki dam olish maskani barpo etish mo‘ljallanmoqda.
Shavkat Mirziyoyevga mazkur yangi sayyohlik markazlarining imkoniyatlari, sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar, ko‘ngilochar maskanlarda xalqimizning milliy an’ana va qadriyatlarini namoyish etish bo‘yicha tashkil etiladigan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Mavzuga doir: Buxoroda erkin turistik zona paydo bo‘ladi
Izoh (0)