Sherali Jo‘rayevni tavallud kuni bilan tabriklash uchun fazogir Solijon Sharipov ham Moskvadan Toshkentga tashrif buyurdi. Bu haqda Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.
“Tabrik so‘zini aytish chog‘ida Solijon Sharipov 200 kundan oshiqroq muddat mobaynida fazoda faqat Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini tinglaganligini, uning xonishlari koinotda ham unga o‘zbekligini eslatib turganini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Sherali Jo‘rayev mashhur fazogirga hurmat bajo keltirib, to‘n kiydirdi.
Izoh (0)