Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi o‘z xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchilardan birini kuch ishlatib tushirib yuborgani haqidagi voqea keng ommaga tarqalib ulgurdi. OAVlar voqeadan so‘ng United Airlines 600 million dollardan ziyod kapitalizatsiyasini yo‘qotgani haqida yozmoqda. Ya’ni borib turgan omadsizlik. Afsuski, hammasi bunday oddiy emas, deb yozadi TJournal.
Ha, haqiqatan ham United Continental Holdings Inc. aksiyalari qiymati shov-shuvdan keyingi kuni 71 dollardan 69 dollargacha tushib ketdi, ammo o‘shandan buyon deyarli tiklanib ulgurdi (hozir taxminan 70,6 dollar).
Endi esa “bemorlari oldiga uchishi kerak bo‘lgan” shifokor haqida ikki og‘iz. Kentukkilik Devid Dao aslida qimorboz va faqat retsept bilan beriladigan dorilarni noqonuniy ravishda tarqatuvchi sifatida taniqli. 2003-yilda undan shu sababli litsenziyasi olib qo‘yilgan.
69 yoshli Dao hozir shifoxonada bo‘lib, matbuot bilan faqat advokatlar orqali muloqot qilmoqda.
Bularning barchasi albatta muhim emas, axir bu yerda “katta korporatsiya kichkina odamga qarshi” bo‘lgan odatiy holat kuzatilmoqda, Devidga esa haqiqatan ham yaxshi munosabatda bo‘lishmagan, deb yozadi nashr.
Izoh (0)