Falastin prezident Mahmud Abbosning AQShga tashrifidan so‘ng Isroil bilan muloqotni tiklash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda muxtoriyat tashqi ishlar vaziri Riyad al-Malikiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Kelgusi oy boshida Mahmud Abbos Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyuradi va Donald Tramp bilan uchrashadi. Ikki muhim masala — Isroil armiyasining Falastin hududidan chiqarilishi va Falastin—Isroil tinchlik muloqotining tiklanishi muhokama qilinadi”, — deya ta’kidladi Riyad al-Malikiy.
Vazirga ko‘ra, tinchlik muzokaralari — “Isroil bilan uzoq yillik qarama—qarshi turish muammosini bartaraf etishning yagona yo‘li”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)