Yaponiya hukumati imperator Akixitoning taxtdan voz kechish marosimini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu 200 yil mobaynidagi birinchi shunday marosim bo‘ladi, deb xabar beradi “TASS”.
Hozirda ekspertlar qadimiy hujjatlar asosida tadbir ssenariysini ishlab chiqishga urinmoqda. Marosimga rasmiy tus berishi ham istisno etilmagan, bu esa parlamentning alohida qarorini talab qiladi.
84 yoshli imperator Akixito o‘tgan yil avgustidagi xalqqa murojaatida keksaligi tufayli vakolatlarini zimmasidan soqit qilish niyatida ekanligini bildirgandi.
Amaldagi qonunchilikda taxtdan voz kechish ko‘zda tutilmagan va imperator qazosi yetgunga qadar vazifasini ado etishi lozim. Biroq jamoatchilik so‘rovlari yaponiyaliklar Akixitoning mazkur niyatiga ijobiy munosabatda ekanligini ko‘rsatmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)