“O‘zbekiston” telekanalida 12-aprel, chorshanba kuni soat 20:05 da efirga uzatiladigan “Muloqot va manfaat” nomli tahliliy ko‘rsatuvda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati tanqidiy ruhda muhokama etiladi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi sahifasida ma’lum qilindi.
Ko‘rsatuvda, jumladan, quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- Avtomobil sotib olishga shartnoma tuzish navbatining ochiq va oshkora emasligi;
- To‘lovlarni bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirish muammo bo‘layotgani;
- Avtomobilni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda berilmayotgani;
- Jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalarda iste’molchilar huquqlarini cheklovchi va ishlab chiqaruvchilar manfaatiga xizmat qiluvchi shartlar kiritilganligi;
- Yangi avtomobillarda bir qator nosozliklar mavjudligi;
- Kreditga avtomobil sotib olishdagi qiyinchiliklar.
Izoh (0)