Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Rajab Akdagning ma’lum qilishicha, Suriyaning Idlib viloyatidagi ehtimoliy kimyoviy hujum qurbonlari jasadlarini tahlil qilish natijalari hujum vaqtida zarin gazidan foydalanilganini tasdiqlagan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
AQSh va Turkiya kimyoviy hujum uchun javobgarlikni Suriya rahbariyati zimmasiga yuklamoqda. Rasmiy Damashq esa mazkur hodisaga aloqadorligini rad etmoqda.
Kimyoviy hujumdan ko‘p o‘tmay AQSh Suriyaning Shayrat aerodromiga “Tomagavk” qanotli raketalari yordamida zarbalar berdi. Amerika ma’muriyatining fikricha, kimyoviy hujum aynan shu aerodromdan uchgan samolyotlar vositasida amalga oshirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)