Oziq-ovqatlarni xom yeyish deganda, butunlay xom emas, balki xomlik darajasi qoidaga asosan bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Ya’ni, mahsulotning qizdirilish harorati 40-45° darajadan oshmasligi kerak.
Issiq ishlov berishni taqiqlashdan tashqari, xom yeyishda faqat organik, tabiiy va ishlov berilmagan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Xom yeydiganlar go‘sht, sut, tuxum kabi hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlardan voz kechadi.
Bir salatning ikki tomoni
Olovda pishirish taqiqlangani uchun ovqatlanish turli xil meva va sabzavotlardan iborat bo‘ladi. Bu juda katta foyda keltiradi. Chunki, meva va sabzavotlar qancha ko‘p bo‘lsa, vitaminlar, minerallar, antioksidantlar va boshqa muhim mikroelementlar ham shuncha ko‘proq bo‘ladi.Lekin, shifokorlar nuqul xom ovqatlar yeyishning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bo‘lishini doim ogohlantiradi: ovqatlanishning bunday qat’iy cheklanishi xom yeydiganlarda turli xil moddalar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ayniqsa bu hayvonlardan olinadigan mahsulotlar tarkibida uchraydigan foydali moddalar: oqsillar, kalsiy, B12 vitamini, rux va omega-3 yog‘ kislotalariga tegishli.
Xom yeyish sinab ko‘rishga arziydimi?
Agar siz bunday parhezga o‘tishni xohlasangiz, avval parhezshunos bilan maslahatlashing. U sizga mos keladigan ovqatlanish rejasini tuzishda yordam beradi.Manba: “Zdorovie.com”
Izoh (0)