AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati o‘n yillar davomida o‘zgarmadi va tartibsizlik, mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Xorvatiyaning “Vecherni list” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
AQSh Suriyaga uning hukumati bilan kelishmay qo‘shinlarini jo‘natdi. Bu Donald Tramp ma’muriyati o‘tmishdoshlaridan farq qilmasligi va Suriyada barqarorlik o‘rnatilishini istamasligini ko‘rsatadi.Suriya prezidenti mamlakat hududida rasmiylar ruxsatisiz istalgan xorijiy davlat harbiylarining paydo bo‘lishini tajovuz deb hisoblashini bildirdi.Bashar Asad, Suriya prezidenti
Mavzuga doir: Bashar Asad: Suriya terrorchilar bilan urushda g‘alaba qozonmasa, Yaqin Sharq xaritasidan butkul yo‘qolib ketadi
Izoh (0)