5-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ellikdan ortiq hujjat imzolandi. Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni O‘zbekistonga taklif qildi.
2. Yunusobod tumani elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra, ko‘plab xonadonlarning bir necha soat chiroqsiz qolishiga podstansiyadagi yong‘in sabab bo‘lgan.
3. “Chegara bilmas shifokorlar”: Idlibdagi jabrlanuvchilar zarindan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Mazkur hujumda hamma bir-birini ayblamoqda.
4. Toshkent shahrida kuz—qish mavsumida uylarni isitish tizimi necha kun ishlashi kerak? Aytishlaricha, bu yil uylar belgilanganidan ham ko‘proq isitilgan.
5. “Lokomotiv” Chempionlar ligasi o‘yinidan tushgan pulni saratonga chalingan yigit uchun sarflaydi. #BizSenBilanSiroj!
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)