Ispaniya hukumati Suriya prezidenti Bashar Asadning amakisi Rifat Asadning mol-mulki va hisoblarini xatladi. U 1984-yilda Suriya xazinasidan 300 million dollar o‘g‘irlashda gumonlanmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
79 yoshli suriyalik ekspatriant ishi bo‘yicha surishtiruv u 30 yildan ortiq vaqtdan buyon istiqomat qilayotgan Fransiyada boshlandi.
Fransuz prokuraturasi sobiq ofitserni pullarni “yuvish”, qalbakichilik va soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilmoqda.
Rifat Asadning Ispaniyadagi mol-mulklari — Marbelya va Puerto-Banus kurortlaridagi villalarda allaqachon 15 ta tintuv otkazildi. Bundan tashqari, Ispaniya prokuraturasining taqdimnomasiga ko‘ra, Asadga bevosita aloqasi mavjud 16 ta hisob yopildi. Yana 76 ta hisob nazorat boshqarmasi tomonidan tekshirilmoqda.
Rifat Asad oilasining 503 ta mulki umumiy qiymati 691 million yevroni (735 million dollar) tashkil etib, ular orasida villalar, kvartiralar, mashinalar to‘xtash joylari va “lyuks” mehmonxonalar bor.
Suriya prezidentining amakisi unga pullarni Saudiya qirolligi oilasi vakillari berganligini ta’kidlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)