Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o‘z mamlakati tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmasini e’tiborsiz qoldirib, Saudiya Arabistoniga tashrif chog‘ida boshiga ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
The Independent xabariga ko‘ra, vazirlik ekspertlari Meyga arabcha milliy ko‘ylak kiyib, ro‘mol o‘rashni maslahat bergan. Ammo hukumat raisi mahalliy an’anaga rioya qilmasligini aytdi.
“Umid qilamanki, xalq menda yetakchini ko‘radi va ayol kishi nimalarga qodir ekanligini tushunadi”, — dedi u.
Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni qonunlarida chet elliklarga bosh kiyim kiyish majburiyatini yuklovchi modda yo‘q, biroq qirollik mehmonlari odatda musulmonlarga xos qat’iy odatlarni buzmaslikka intiladi.
Izoh (0)