Yevropa markaziy banki 50 yevrolik yangilangan kupyurani muomalaga kiritdi, deb yozadi “Vedomosti”. Yangi banknota 2016-yil yozidayoq rasman taqdim etilgan edi. Muomalaga jami 5,4 milliardga yaqin yangi banknota kiritiladi.
Yangi kupyuraga qadimgi yunon ma’budasi — Yevropaning portretini joylashtirishdi. Uni suv qog‘ozdagi belgida va vertikal chiziqda ko‘rish mumkin. Kupyura asosan jigarrang va to‘q sariq ranglardan iborat. Banknota o‘lchami xuddi avvalgisi kabi. Ammo bitta farqi bor — pastki chap burchakdagi 50 raqami qaysi burchakdan qarayotganingizdan kelib chiqib, o‘z rangini o‘zgartiradi.
Har bitta kupyurada Yevropa markaziy banki prezidenti Mario Dragining imzosi bor. Avvalgi nusxaga 2003—2011-yillarda bankka prezidentlik qilgan Jan-Klod Trishening imzosi tushirilgan edi.
Izoh (0)