Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishop KXDR tomonidan yana ballistik raketa uchirilishini qat’iyan qoraladi va shu munosabat bilan uning mamlakati Pxenyanga nisbatan avtonom sanksiyalar rejimini kuchaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Avstraliya Shimoliy Koreya tomonidan tahdidlarga qarshi turish uchun mintaqadagi do‘stlari va sheriklari bilan ishlashda davom etadi, — deyiladi TIV rahbari bayonotida. — Biz BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalarini qat’iy tarzda qo‘llab-quvvatlaymiz va o‘zimizning avtonom choralar rejimini kengaytirish ustida ishlayapmiz”.
KXDRning uzoq muddatli manfaatlariga “atom va raketa dasturlariga nuqta qo‘yish hamda xalqaro jamoatchilik bilan ijobiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish eng yaxshi darajada javob beradi”, — dedi Bishop.
Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR 5-aprel kuni KN-5 turidagi “Pukkikson-2” o‘rta masofali ballistik raketasini uchirdi. U 189 km maksimal balandlikka yetib, 60 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tdi.
Izoh (0)