Suriya armiyasi mamlakatning Idlib viloyatidagi harbiy harakatlar vaqtida kimyoviy quroldan foydalangani haqidagi xabarlarni rad etmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Reuters agentligi axborotiga ko‘ra, Xon-Shayxun shahrida kimyoviy quroldan foydalanish oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.
“Biz Xon-Shayxun shahrida biror kimyoviy yoki zaharli moddalardan foydalanilganini to‘liq rad etamiz, armiyamiz hech qachon bunday qurollarni qo‘llamagan va bundan keyin ham qo‘llamaydi”, — deyiladi Suriya armiyasi bayonotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!