Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida jabrlanganlar soni 51 kishiga yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Rossiya FVVning hudud bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.
“Ushbu ro‘yxat Moskva vaqti bilan 4-aprel 3:00 holatiga dolzarb, u ma’lumotlar kelib tushgani sari yangilanib boradi”, — deyiladi xabarda.
Ro‘yxat 51 kishidan iborat bo‘lib, ularning 47 nafarining shaxsi aniqlangan. To‘rt ayolning ism-sharifi ayni paytda noma’lum.