3-aprel, dushanba kuni portlash sodir bo‘lgan Peterburg metrosi poyezdining mashinisti favqulodda vaziyatda to‘g‘ri harakat qilib, qurbonlar sonining oshishiga yo‘l qo‘ymagani uchun mukofotga tavsiya etiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“U favqulodda vaziyat sharoitlaridagi xatti-harakatlari uchun mukofotlanadi. Agar vagonlar platformaga olib chiqilmaganida, tunnelning yopiq qismida portlash yanada ko‘proq qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi”, — dedi metropoliten vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinist “aynan ko‘rsatma bo‘yicha” harakat qilgan.
Agentlik suhbatdoshi aytishicha, 1966-yilda tug‘ilgan mashinist Peterburg metrosida 15 yildan buyon ishlaydi, 2006-yilda unga birinchi klass mashinisti maqomi berilgan, bu oliy maqom hisoblanadi.