Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlashlar oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda, “TASS”ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Avvalroq “RIA Novosti” agentligi manbasi metrodagi portlash oqibatida kamida 10 kishi jabrlangani haqida ma’lum qilgan, qurbonlar soniga aniqlik kiritmagan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash “Sennaya maydoni” va “Texnologiya instituti” oralig‘idagi yo‘lda, poyezd yurishni boshlagan vaqtda yuz bergan, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, metroda ikkita portlovchi qurilma ishga tushgan — biri “Sennaya maydoni” va ikkinchisi “Texnologiya instituti”da yuz bergan.
Mavzuga doir: Sankt-Peterburg metrosida ikkita portlash yuz bergan
Izoh (0)