Kolumbiyada suv toshqinlari va sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 254 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Avvalroq tabiiy ofat oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi. Ofat ostida Putumayo provinsiyasi poytaxti – Mokoa shahri qolib ketgan.
Xabarda qayd etilishicha, 400 nafarga yaqin kishi jarohat oldi, 200 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Kuchli yomg‘irlar natijasida daryo o‘zani to‘lib ketgan. Uylar va avtomobillar suv, loy, tosh va parchalar ostida qolib ketdi.
Provinsiyaning 17 tumanida 1100 harbiy va politsiyasi qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etdi. Mokoa shahriga Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos yetib keldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)