Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Uzbek Tigers Astana Arlans jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Kunning to‘rtinchi jangida eng og‘ir vazndagi sportchilar ringga chiqdi — Zuxriddin Mahkamov va Anton Pinchuk. -91 kilogrammli bokschilar jangida qozog‘istonlik sportchining qo‘li baland keldi va u hisobning 3:1 bo‘lishini ta’minladi.
Avvalroq Elnur Abduraimov, Abdulhay Shorahmatov va Isroil Madrimov qozog‘istonlik raqiblariga imkoniyat qoldirmay, bir xilda — 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
Zuxriddin Mahkamov esa xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi — 45:50, 45:50, 46:49.
Ma’lumot uchun, tomonlarning Qozog‘istondagi uchrashuvida mezbonlar 4:1 hisobida ustun kelgan.
Izoh (0)